G.Safarova Uzun oilaviy poliklinikasidagi dori-darmon ta’minotini o‘rgandi.
🏛13-Guliston saylov okrugi deputati G.Safarova hududda joylashgan Uzun Oilaviy poliklinikasiga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔹Tashrif davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolarga berilayotgan bepul dori-darmonlar ro‘yxati hamda ularni tarqatish tartibi o‘rganildi. Shuningdek, dori vositalarining saqlanish sharoiti, hisobini yuritish jarayoni va mavjud zaxiralar holati ko‘zdan kechirildi.
🔹Deputat tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilib, aholiga bepul dori vositalarini belgilangan tartib asosida yetkazib berish va ularning sifatli saqlanishini ta’minlash muhimligini ta’kidladi. Aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.