🤝 Bugun 16-“Guliston” saylov okrugidan saylangan
deputat F.Xomidov "Guliston" MFYda bo‘lib, saylovchilar bilan ochiq
muloqot o‘tkazdi. Deputat o‘z faoliyatini mahalliy Kengash deputatlari uchun
belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" mezonlari asosida tashkil
etdi.
🔍 O‘rganish davomida "mahalla
yettiligi" bilan quyidagi dolzarb masalalar tahlil qilindi:
🔹 Hududdagi, ayniqsa «qizil» va «sariq» hududlarda
jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati;
🔹 Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga
oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash;
🔹 Ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand
toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi;
🔹 Boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ko‘p qavatli uylar
ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va
yoritilishi holati;
🔹 Jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus
bekatlarining holati hamda chiptalarni olishning qulayligi.
✅ O‘rganish davomida hududda mavjud
muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar
tuzilib, aniqlangan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik
so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.