Yangiliklar

Kelajak soati

Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi deputati A.Abdijalieva tomonidan 20-sonli umumta’lim maktabida "Halollik vaksinasi" mavzusida "Kelajak soati" darsi o‘tkazildi. Dars davomida o‘quvchilarga halollikning inson hayotida va jamiyatda tutgan o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Dars qizg‘in bahs-munozaralar asosida o‘tib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldi. "Kelajak soati" o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

Slide 1 of 1