Viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatlari tomonidan "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbatlari oʻtkazib borilmoqda.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Jafarova oʻz saylov okrugida uchrashuv oʻtkazdi.
- "Mamlakatimizning kelajagini va obro‘-e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro korrupsiyaga yo‘l qo‘yib bermasligi darkorligi.
Halol mehnat qilish, o‘z bilimi, kuch-g‘ayrati va ijodiy qobiliyatini sarflash uchun barqaror shart-sharoit bo‘lishini barcha yurtdoshlarimiz istaydi. Har birimiz farzandlarimiz va yaqin kishilarimiz kelajakda ham demokratik, fuqarolik jamiyatida sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarining samaralaridan to‘la-to‘kis foydalanish uchun jinoyatchilik va korrupsiya yo‘liga o‘z vaqtida zarur to‘siq qo‘yishda faollik ko‘rsatishimiz lozim. Bu illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi anglab yetmog‘i lozim. Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz" - deb ta'kidladi N.Jafarova.