Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2024-yil 25-maydagi VI-121-95-7-95-K/24-sonli qarorining 3-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
Tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalari to‘g‘risida tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori H.Mingboyevning hisoboti;
Tuman aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlari hamda kelgusidagi rejalari to‘g‘risida tuman Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i U.Djurayevning hisoboti;
Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalari to‘g‘risida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i K.Nasriddinovning hisoboti;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 31-oktabrdagi “Aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olishga oid qonunchilikka rioya qilinishi holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida”gi 226-son Qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari F.Toxirovning;
“Ishtixontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi MM va TX yetakchi mutaxassi J.Nomozovning 2024-yilda tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan hisoboti.