Yurtimiz bo‘ylab yangi yil shodiyonalari keng tantana qilinmoqda. Ushbu shodiyonalar, ayniqsa, bolajonlarga o‘zgacha zavq-u shavq bag‘ishlamoqda. Yangi yil bolajonlar uchun o‘zgacha kayfiyat ulashib, ularga beg‘ubor orzu-umidlar, yangi marralar zavqini olib keladi.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati o‘zsaylov okrugida ehtiyojmand oilalar bolalari "Saxovat benazir qadriyat!" loyihasi doirasida "Ko‘chma archa" bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida bolajonlarga bayram sovg‘alari, shirinliklar topshirildi.