Joriy yil "Tashabbusli budjet" loyihasining 1-mavsumida g‘olib topilgan "Marmarobod" mahallasi hududidagi 2,5 km yo‘lga asfalt qoplamalari yotqazish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, hududga biriktirilgan deputat Qodirov Mash'al va shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Nodirjon Zoyirov boshchiligidagi tegishli mas’ullar ushbu hududda bo‘ldi.