Bugun 7-avgust kuni Xalq deputatlari Bo'stonliq tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiyalarining qo'shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹Bo'stonliq tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalami jalb qilish borasida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ijrosi, tadbirkorlar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, Xitoy Xalq investorlari bilan tuzilgan investitsiya bitimlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
🔹Bo'stonliq tumani mahalliy budjeti daromadlar rejasini 2024-yil ikkinchi chorak yakuni bilan orttirib bajarilgan qismi hamda yer uchastkalarini auksionda sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar to‘g‘risida;
🔹Bo'stonliq tumanida beshinchi bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
🔹Bo'stonliq tumanida yerga bo'igan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari to‘liq bo‘lmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan, doimiy foydalanish uchun ajratilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan foydalanish holatini oʻrganish bo'yicha Ishchi guruh takliflarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.