Xalq deputatlari onimex tumani Kengashiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Raisov va Adolat SDP deputati O.Isayev tomonidan “Uchtepa” mahallasida yashovchi aholini holidan xabar olish ularni qiynab kelayotgan muammolarini o’rganish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Fuqarolar tomonidan uchrashuvlar davomida asosan mahallaning ichki avtomobil yo’llaridagi nosozliklar, kommunal xizmatlar va davolanish uchun order masalasida, bir martalik moddiy yordam bo’yicha murojaatlar kelib tushdi. Bu kabi aholini uzoq vaqtlar davomida qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish maqsadida deputat M.Raisov tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so’rovi chiqarildi.