O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yilgi 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumanida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Chinoz tumani Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan “Ayollar daftari” ro‘yxtida turgan, ishsiz kasb-hunarga o‘rganishga istagida bo‘lgan 30 nafar xotin-qizlar tikuvchilik, pazandachilik, kosmetologiya, tadbirkorlik asoslari yo‘nalishlari bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitildi.
O‘qish jarayonida malakali mutaxassislar tomonidan xotin-qizlarga kelgusida kerakli kasb-hunarni puxta o‘rgangan holda o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli bilim va ko‘nikmalar berildi. O‘quvlar yakunlangandan so‘ng, ushbu xotin-qizlarga yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Kommuna Shermatova