Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus" ko‘rik-tanlovining tumandagi bosqichiga start berildi.

Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining "Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus" ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi Qarori qabul qilingan.

Shu munosabat bilan mazkur qaror va uning Qiziltepa tumanidagi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 10-avgustiga qadar hujjatlar yig‘ma jildini xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan ishchi guruhga taqdim etishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi.

Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat organi

Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat-notijorat tashkiloti

Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti

Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro

Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor hokimlik

Slide 1 of 1