Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Samarqandlik deputatlar xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi bilan uchrashishdi.

Xabar qilganimizdek, 13-15 iyun kunlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari hamda viloyat, tuman (shahar) Kengashlari kotibiyati xodimlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida Xorazm viloyatida bo‘lishdi.

14-iyun kuni deputatlar Yangiariq tumani hamda viloyat Kengashi faoliyati bilan tanishishdi. Bu jarayonda Kengashlar doimiy komissiyalari ishini tashkil etish, deputatlarning saylovchilar bilan tizimli ishlashini samarali yo‘lga qo‘yish kabi masalalarda muloqot qildi.

Shuningdek, Xorazm viloyati hokimi, xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi Jo‘rabek Rahimov samarqandlik deputatlar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida viloyat Kengashining faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zladi, ushbu hamkorlik Kengashlar ishining samarali kechishida foydali ekanini ta’kidladi.

Slide 1 of 8