Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan masalalar:
1. Tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan tumandagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini monitoring qilish yuzasidan 6 may - 5 iyun kunlari olib borilgan ishlar to‘g‘risida ishchi guruh rahbari, tuman hokimligi ish yuritish bo‘limi boshlig‘i O.Umarovning axboroti;
2. Viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 14-mart kuni Sayxunobod tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha Bo‘ston tumanida “Mahalla obodligini ta’minlash, shu jumladan, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlari, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hisobiga aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, hokim yordamchilari tomonidan kredit, subsidiya ajratish yuzasidan o‘rganish yakunlari to‘g‘risida” tuman hokimi S.Nosirovaning axboroti.