Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

20- Lubaton saylov okrugi deputati Sharipova Mohira Abdullayevna o‘z saylov okruglarida joylashgan mahallada bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-iyun 20- Lubaton saylov okrugi deputati Sharipova Mohira Abdullayevna o‘z saylov okruglarida joylashgan mahallada bo‘lib, “Mahalla yettiligi”ning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Okrug hududida aholi muammolarini hal etish, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ayniqsa xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularni munosib ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvlar yakunida hamkorlikda amalga oshirish kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2