Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat va mahalla yettiligi

Karmana tuman Kengashi deputati Sh.N.Nasirova Mirsaid Bahrom mahallasi faollari bilan suhbatlashdi. Prezidentimizni Buxoroga tashrifi va u yerda qo‘yilgan masalalar to‘g‘risida fikr almashildi. Yurtimizda mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mahallaning patronaj hamshiralari Xodjiyeva Rayxon va Ochilova Shaxlolar bilan ham suhbatlashildi. Tibbiy patronaj xizmati inson salomatligini asrash, kasalliklarning oldini olish va xalqimiz salomatligini muhofazalashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu yo‘nalishda ishlar talab darajasida yo‘lga qo‘yilsa, jamiyatdagi ko‘plab tibbiy-ijtimoiy muammolarning oldi olinadi. Xususan, kasalliklarni keskin kamaytirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda sezilarli natijalarga erishiladi.

Slide 1 of 4