Andijon viloyatida Ikkinchi liga hamda viloyat hokimi kubogi bahslari start olmoqda, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi, shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov
tashabbusi bilan viloyat birinchiligida ishtirok etish uchun "Andijon shahar" futbol jamoasini tashkil etildi.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi, shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov G‘ofurjon Abdurahmonov hamda Andijon futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti
Bekzodbek Karimov birgalikda Barkamol Avlod sport majmuasiga tashrif buyurdi hamda "Andijon shahar" futbol jamoasi futbolchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida G‘ofurjon Abdurahmonov so‘zga chiqib yangi jamoaga ulkan zafarlar tilab bu jamoaning doimiy qo‘llab-quvvatlab turishini taʼkidladi hamda mazkur yangi yosh jamoaga futbol anjomlari topshirildi.