Tuman Kengashi deputati, tadbirkor A.Haydarov tomonidan 2019-yilda barpo etilgan loyiha 4,5 mlrd. soʻm doirasida Davlat xususiy sherikchilik asosida muassasa tashkil etilgan boʻlib, 150 nafar kichkintoyni oʻz bagʻriga olgan edi. Bugungi kunda qoʻshimcha bino qurilib, qiymati 2,6 mlrd. soʻm boʻlgan 120 oʻrinli zamonaviy barcha qulayliklarga ega muassasa foydalanishga topshirildi.
Mazkur muassasaning quvvat oshirilishi munosabati bilan 30 ta doimiy ish oʻrni yaratilgan boʻlib ushbu zamonaviy tashkilotda kichkintoylarning sifatli boshlangʻich taʼlim olishlari, har tomonlama sogʻlom oʻsib-ulgʻayishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.
2023-yil oxirida tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 92 ta boʻlgan boʻlsa-da, 2024-yil iyun oyida ushbu koʻrsatkich 102 ta 78,2 % tashkil qilmoqda. Shundan, 20 ta Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 76 ta oilaviy nodavlat maktabagacha taʼlim tashkiloti hamda 6 ta Davlat xususiy sheriklikdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti.