Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Sherzod Salixov hamda tuman IIB boshlig‘i Otabek Gʻanibekov tomonidan tuman hokimligi katta majlislar zalida "Obod va xavfsiz mahalla" mavzusida mahalla yettiligi uchun oʻquv-seminari oʻtkazishdi.
Davlat rahbarining topshirigʻiga asosan, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim oʻzaro manzilli hamkorligining samaradorligini oshirishga qaratilgan hamda ijtimoiy profilaktika choralariga asoslangan yangicha ishlash tizimi joriy etilgan edi.
Ushbu ishlash tizimini joylarda yoʻlga qoʻyish va yettilik hamkorligini yanada jonlantirish maqsadida oʻtkazilgan oʻquv-seminarida Chinoz tumanidagi 55 ta mahalla "yettiligi" ishtirok etib, oʻzaro hamkorlik masalalari boʻyicha kerakli maʼlumotlarni oldilar.