O'‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ–706-IV-sonli Qarori ijrosini Angren shahridagi ijrosi yuzasidan ustuvor vazifalarni belgilash to‘g‘risidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputatlari tomonidan mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilib, “mahalla yettiligi” bilan fuqarolar qabullari tashkil etilmoqda. Angren shahar "Chotqol" mahallasi Xulkar ko‘chasi ta’mirga muhtojligi bo‘yicha aholi tomonidan qilingan murojaat Xalq deputatlari Angren shahar Kengashiga 13-saylov okrugidan saylangan deputat Anarov Otabek Abduvalievich tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi hamda Xulkar ko‘chasining 600 metr uzunlikdagi qismida asfaltlash ishlari olib borildi.