Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati deputatlar nazoratida

Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati deputatlar nazoratida

2024-yilning 30-31 may kunlari Xalq deputatlari Quva tumani Kengashi deputatlari tumandagi 8, 14, 47, 48, 58, 60-son maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O‘rganishlar davomida deputatlar asosiy e’tiborni SanPin me’yorlari asosida belgilangan hajmdagi mahsulotlarni doshqazonlarga solinishi, ovqatlarning chiqish me’yori va sifati, shuningdek, tarbiyalanuvchilar bilan guruhlardagi faoliyatlarni beshta markazlarga yo‘naltirilgan asosda olib borilishiga qaratdilar. 

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli raxbar va mas’ullarga bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berib, bajarilishini nazoratga oldilar.

Slide 1 of 10