Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Jabborov hamda deputatlari J.Axunov, D.Jo‘rayev, F.Asqarova, D.Zokirova, S.Niyatovalar “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarida qatnashdilar.
O'quvchilarni maktabni muvaffaqiyatli yakunlayotgani bilan qutlab, Prezidentimizning bitiruvchi oʻgʻil-qizlarga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi. Shundan soʻng 2023-2024 oʻquv yilida o'quvchilarga sifatli ta'lim bergan o'qituvchilar hamda namunali xulqi, taʼlim olishdagi ishtiyoqi bilan tengdoshlariga ibrat boʻlgan oʻquvchilar va ularning ota onalariga tashakkurnomalar topshirildi.