Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi 1-Feruz saylov o‘krugi deputati Qodirova Sarvinoz Ikromovna Ayollar o‘rtasida erta turmushni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda ta’kidlandiki, erta turmush qizlarning ta’limdan uzilib qolishiga, sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga va ijtimoiy qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Qizlarimiz avvalo bilim olishi, kasb egallashi va mustaqil hayotga tayyor bo‘lishi muhim. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar asosida aniq me’yorlar mavjud.Erta turmushning oldini olish – bu nafaqat bir oilaning, balki butun jamiyatning mas’uliyatidir.Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati S.Qodirova berilgan ta'kliflarni eshitib takliflar va savollarga o'z munosabatini bildirdi.