Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati R.Yusupov va Xalq deputatlari Xiva tuman kengashi
deputati F. Yusupovlar hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘rganish bo‘yicha 2025 yil oktabr–noyabr oylariga mo‘ljallangan media-rejasi doirasida navbatdagi amaliy tadbir Xiva tumanida bo‘lib o‘tdi.Xususan, Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Raximbergan Yusupov va Xalq deputatlari Xiva tuman kengashi deputati F. Yusupovlar Xiva tumanidagi Shayx Najmiddin Kubro mahallasida joylashgan 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.O‘rganish jarayonida deputatlik faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha koordinator va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari yordamchisi S.Babaniyazov, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq Deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati F.Yusupov hamda maktab direktori Z.Ibragimov ishtirok
etdilar. Mazkur ta’lim muassasasi 1977 yilda qurilib, foydalanishga topshirilgan bo‘lib, hozirda maktabda 100 nafar ishchi va xizmatchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Maktabda bugungi kunda 1072 nafar
o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Maktab ko‘mir yoqilg‘isiga moslashtirilgan bo‘lib, muassasada 5 ta zamonaviy isitish qozoni o‘rnatilgan. Bu isitish qozonlarini kuz-qish mavsumida uzluksiz doimiy ishlashini ta’minlash maqsadida tadbirkor tomonidan ikki nafar o‘t yoquvchi xodim ishga qabul qilingan. O‘rganish jarayonida deputatlar maktabdagi isitish qozonlarining ishlash holati, mavjud ko‘mir zahirasi va yong‘in
xavfsizligi burchagi bilan tanishdilar. Hozirda maktab omborida 8 tonna ko‘mir zahirasi mavjud. Maktabni isitish uchun mas’ul bo‘lgan “Toshmasjid” xususiy korxonasi (rahbari Z.Jonibekov) omborida yana kuz-qish mavsumiga yetarli darajada ko‘mir yoqilg‘isi zahira qilingan. Bu esa qish mavsumini betalofat o‘tkazilishini va isitish tizimining barqaror faoliyatini uzluksiz ta’minlaydi. O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining
umumiy holati qoniqarli ekanligi, dars jarayonlarini samarali tashkil etish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, hamda kuz-qish mavsumida ta’lim jarayoni uzluksiz davom etishini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur shart-sharoitlar mavjudligi qayd etildi. O‘rganish yakunida maktab direktori tomonidan muassasa hududida bolalar uchun sport maydonchasining sun’iy qoplama bilan ta’mirlanishi to‘g‘risida taklif berildi.