Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi 1-Feruz saylov o‘krugi deputati Qodirova Sarvinoz Ikromovna Ayollar o‘rtasida erta turmushni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xiva tuman partiya Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati F.Yusupov maxalla faollari bilan "Xorazm suv taminoti" AJ Xiva tuman boʻlimiga qarashli Chinobod maxallasida joylashgan "Chinobod" suv taxsimlash inshoatida jamoatchilik nazorati oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichga koʻtarilganini yaqqol namoyon etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlik faoliyati
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATINI O‘RGANDI
янв.21
O‘zbekiston XDP Xiva tuman kengashi deputati Y.Toshpo‘latova Xiva tumani Chanashik mahallasidagi oilaviy shifoxonada tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv

Vatan himoyachilari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Vatanimiz sarhadlarida xizmat qilayotgan mard va fidoyi chegarachi o‘g‘lonlar tumanimizda joylashgan 14-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yosh rassomlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuvda Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, tuman Kengashi deputati F.Bazarbayeva ham ishtirok etdi.

“Armiya: kecha va bugun” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirda o‘quvchilar harbiylar bilan muloqot qilib, tinchlik g‘oyalarini san’at orqali ifodalashdi.

Uchrashuv doirasida o‘quvchilar “Tuzalib ket, ona sayyora!” mavzusida ijodiy suratlar chizib, atrof-muhitni asrash, tinchlik va kelajakka mas’uliyat tuyg‘ularini o‘z asarlarida aks ettirishdi.

Jumladan, deputat tomonidan O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yii 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora - tadbirlar to‘g’'risida” gi PF-71-son Farmoni yuzasidan tushunchalar ham berildi.

Slide 1 of 4