Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi 1-Feruz saylov o‘krugi deputati Qodirova Sarvinoz Ikromovna Ayollar o‘rtasida erta turmushni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xiva tuman partiya Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati F.Yusupov maxalla faollari bilan "Xorazm suv taminoti" AJ Xiva tuman boʻlimiga qarashli Chinobod maxallasida joylashgan "Chinobod" suv taxsimlash inshoatida jamoatchilik nazorati oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichga koʻtarilganini yaqqol namoyon etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlik faoliyati
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATINI O‘RGANDI
Jondor tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi: Yangiliklar va Loyihalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrda qabul qilingan PQ-454-sonli qarori doirasida, Jondor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilab qo‘yilgan. Ushbu loyihalarni nazorat qilish ishlari Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Jumladan deputat I.Xolov «Ibn Sino» mahallasidagi 37- maktabda yangi o‘quv binosini qurilishi bo‘yicha ishlarni o‘rgandi va qurilish-montaj ishlari yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi. Ushbu loyiha tumanning ta’lim infratuzilmasini mustahkamlash va yoshlarga zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yangi maktabning qurilishi xalqning ta’limga bo‘lgan ehtiyojini yuqori darajada ta’minlashga yo‘naltiriladi. Rivojlanish va zamonaviy bilim olish uchun yaratilgan sharoitlar aholining ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Raxmat Murodov,

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi

Slide 1 of 1