Deputat X. Jumaboyev Qushchi mahallasining idora binosida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Jarayonlarning sifat darajasi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholining ehtiyojlariga mosligi bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.