“Do‘stlik” mahallasida aholiga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida barpo etilgan yangi mahalla idorasi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Tadbirda mahalla faollari, hokimlik vakillari, nuroniylar, tuman Kengashi deputatlari, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Yangi bino zamonaviy talablarga javob beradi, unda fuqarolar yig‘ini raisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va boshqa mas’ullar uchun alohida xonalar yaratilgan.
Tadbir yakunida “Do‘stlik” mahallasi hududi obodonlashtirilgan, ko‘chatlar ekilib, bayramona kayfiyat hukm surdi.