Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi “Do‘stlik” va “Yangiovul” mahallalarini bog‘lovchi 6 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘li hamda Sirdaryo daryosi ustidan o‘tuvchi 200 metrli ko‘prik qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur loyiha aholi harakatlanishini yengillashtirib, iqtisodiy faollikni oshiradi, eng muhimi — hududlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlaydi.