Muzrabot tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi - Abdulla Mamatqulov va tumandagi tashkilot, muassasalar rahbarlari hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamrohligida tumanning Oriyat mahallasidan boshlab Darband, Duoba, Gulobod, Yakkatol, Anorzor, Obi hayot, Mustaqillik, Obod turmush va Muzrabot darvoza mahallalarigacha bo‘lgan yo‘nalishda avtobusda va piyoda harakatlanib, mahallalar yettiligi bilan birgalikda hududlarda obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishdi.
O‘rganish davomida tuman hokimi, tuman Kengashi raisi asosiy yo'l chetlarini tozalash, obodonlashtirish, daraxt taglarini oqlash va shakl berish, tomorqadan foydalanish, noqonuniy qurilishlarni buzish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratdi.
Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi va muddatlar belgilandi.