O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 330-sonli Qaroriga asosan Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Abdurazzaqov Faxriddin Yoqubovich Ishtixon tumani «Yo‘g‘ontepa» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi xonadon egalariga «Yo‘g‘ontepa» MFY xokim yordamchisi A.Majidov bilan birgalikda kambag‘allikdan chiqish, tomorqadan unumli foydalanish, yashash sharoitini yaxshilash, tozalikka rioya qilish, farzandlarini taʼlim olishga jalb etish, o‘z o‘zini doimiy ish o‘rinlari bilan band qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.