6-Qo‘ng‘irot saylov okrugidan deputat Feruza Shodieva "Beshrabod" mahalla yettiligi faolari bilan mahallada mavjud muammolar fuqarolar bilan ishlash holati, mahalla faollarining faoliyati bilan tanishdi. Mahalladagi faollar bilan birgalikda aholi bilan muloqot uyushtirildi, jumladan, ichimlik suvi, eski simyog‘ochlarni almashtirish, hududda bankomat o‘rnatish yuzasidan bildirilgan murojaatlarni ijobiy hal qilish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.