Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova deputat sifatida "Yangi ro'zg'or" mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Odob-axloq doimiy komissiyasi raisi tashabbusi bilan tuman deputatlari uchun navbatdagi amaliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yoshlar kelajagi – e'tiborda: Uzun tumanida "Payshanba – yoshlar kuni" doirasida muhim uchrashuv bo'lib o'tdi
янв.21
DEPUTATNING TRANSPORTDA BEPUL YURISH TARTIBI
янв.21
SESSIYA OLDI NAZORAT: Deputat S.Rajabova Navro‘z mahallasida bo‘ldi
#162_ta_Qonun_ijrosi

#162_ta_Qonun_ijrosi

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining samaradorligini oshirish, belgilangan 24 ta ustuvor tavsiyalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 4-Mehnat saylov okrugidan saylangan deputat M.Mamurjonova o‘zi saylangan saylov okrugidagi «Ittifoq» mahallasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faolining ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, shuningdek, oilaviy ajrimlarning oldini olish va ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla nuroniylari va faol ayollar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy masalalar, xotin-qizlarni qiynayotgan muammolar hamda ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.