Qonunni o‘rganamiz: “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi tomonidan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati keng targ‘ib etib borilmoqda.
📄 O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni 1993-yil 3-sentyabrda qabul qilingan bo‘lib, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlari, pensiya tayinlash, hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
📌 Qonun rekvizitlari:
🔹 Qonun raqami – 938-XII
🔹 Qabul qilingan sana – 1993-yil 3-sentyabr
👴 Mazkur qonun fuqarolarning keksalik davrida ijtimoiy himoyasini ta’minlash, mehnat faoliyati davomida to‘plangan ish staji va boshqa mezonlar asosida pensiya olish huquqini kafolatlaydi.
📝 Qonunga muvofiq quyidagi pensiya turlari belgilangan:
🔹 Yoshga doir pensiyalar;
🔹 Nogironlik pensiyalari;
🔹 Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari.
⚖️ Fuqarolar qonunchilikda belgilangan yoshga yetganda va zarur ish stajiga ega bo‘lganda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
📋 Shuningdek, qonunda pensiyalarni tayinlash, qayta hisoblash, to‘lash va fuqarolarning pensiya huquqlarini himoya qilish mexanizmlari ham nazarda tutilgan.
🤝 Mazkur qonun aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
✅ O‘z huquqlarini bilish har bir fuqaroning munosib turmush kechirishi va davlat tomonidan yaratilgan ijtimoiy kafolatlardan samarali foydalanishiga xizmat qiladi.