Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova deputat sifatida "Yangi ro'zg'or" mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Odob-axloq doimiy komissiyasi raisi tashabbusi bilan tuman deputatlari uchun navbatdagi amaliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yoshlar kelajagi – e'tiborda: Uzun tumanida "Payshanba – yoshlar kuni" doirasida muhim uchrashuv bo'lib o'tdi
янв.21
DEPUTATNING TRANSPORTDA BEPUL YURISH TARTIBI
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashining 12-sonli “Aspantay” saylov okrugidan saylangan deputati G.Jumanazarova tomonidan 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi kotibiyati rahbari A.Ibragimov hamda deputat Sh.Berdaxov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va daromadi yetarli bo‘lmagan oilalarni kambag‘allik holatidan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash hamda barqaror daromad manbalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqotda kambag‘allikni qisqartirishni faqat moddiy ko‘mak bilan cheklab qolmasdan, oilalarning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, kasb-hunarga o‘qitish, doimiy va barqaror bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda daromadlarini oshirish orqali ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar ehtiyojmand oilalarni kambag‘allik holatidan chiqarish va hududni kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Mazkur yo‘nalishda har bir oilaning muammosini individual o‘rganish, mavjud imkoniyat va salohiyatidan kelib chiqib manzilli yondashuv asosida amaliy yordam ko‘rsatish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, ularning qonuniy yechimini ta’minlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 4