DEPUTAT SO‘ROVI: “ERKINLIK” MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Bakiyev Abdusamad Kayumovich tomonidan aholi murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida navbatdagi deputat so‘rovi yuborildi.
Tumanimizdagi “Erkinlik” mahallasi, “Bahoriston” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan toza ichimlik suvi quvuri (trubasi) yorilganligi bo‘yicha takroriy murojaatlar kelib tushgan. Ushbu nosozlik oqibatida sifatli ichimlik suvi isrof bo‘layotgani, qolaversa, ko‘cha infratuzilmasiga jiddiy zarar yetayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur muammoni zudlik bilan bartaraf etish, “Bahoriston” ko‘chasidagi quvurlarni ta’mirlash (almashtirish) choralarini ko‘rish maqsadida “Surxondaryo Suv ta’minot” AJ Uzun tumani bo‘limi boshlig‘i I.Doniyorovga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.