XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR Joyida O‘RGANILMOQDA
Uzun tumanida aholi murojaatlari va ularning yechimiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi D.Safarova o‘zi saylangan okrugdagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar va murojaatlarini tingladi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda mahalla ahlining turmush sharoitini yaxshilash, hudud infratuzilmasini rivojlantirish borasida bir qator masalalar o‘rtaga tashlandi.
Ichki yo‘llarni ta’mirlash va shag‘allashtirish;
Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash (eski simyog‘ochlarni almashtirish);
Ichimlik suvi tarmog‘ini kengaytirish;
Aholining bandligi va ijtimoiy himoya masalalari.
Uchrashuv davomida bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan murakkab masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi. Har bir murojaat ijrosi shaxsan Kengash raisi va deputatlar nazoratiga olindi.