Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “ERKINLIK” MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR Joyida O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA SHAFFOFLIK DIQQAT MARKAZIDA
Tanqidiy tahlil va qat'iy talab: Termiz shahar deputatlari faoliyati muhokama qilindi!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova raisligida shahar Kengashi deputatlarining o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati yuzasidan kengaytirilgan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

💬 Yig‘ilish davomida deputatlarning o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Saylovchilar bilan aloqalarni yetarli darajada tashkil etmagan, hududdagi muammolarga yuzaki yondashgan ayrim deputatlar faoliyati jiddiy muhokama qilinib, ish uslubini tubdan o‘zgartirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

💬 O‘z navbatida Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov so‘zga chiqib, deputatlar faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari va tavsiyalariga alohida to‘xtaldi.

💬 Kotibiyat mudiri tomonidan barcha deputatlar uchun o‘z saylov okruglarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi tavsiyalar berildi:

🟢Har bir deputat o‘zi saylangan saylov okrugidagi muammolarni aniqlash hamda tizimli nazorat-tahlil ishlarini muntazam olib borishi;

🟢Aholi bilan bevosita va ochiq muloqotlarni ko‘paytirish, fuqarolarning dardu tashvishlarini tinglash hamda ularni xonadonbay o‘rganish;

🟢Yurtimizda qabul qilingan va aholi hayoti uchun g‘oyat muhim hisoblangan 162 ta eng muhim qonunlarning joylardagi real ijro etilish holatini o‘rganish;

🟢Mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tezkorlik bilan hal etishda “Mahalla yettiligi” tizimi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash.

💬 "Bizga ovoz bergan, bizga ishongan saylovchilarimizning umidlarini oqlashimiz shart. Har bir deputat o‘z hududidagi muammolarga qalban kuyishi, qonunlar ijrosini qat'iy talab qilishi va xalq roziligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishi lozim," — deya ta'kidladi Kengash raisi.

🫥 Yig‘ilish yakunida belgilangan tavsiyalar asosida deputatlarning kelgusi faoliyat rejasi kelishib olindi hamda ijrosi Kengash kotibiyati tomonidan doimiy monitoring qilib borilishi belgilandi. 

Slide 1 of 3