Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “ERKINLIK” MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR Joyida O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA SHAFFOFLIK DIQQAT MARKAZIDA
Deputat asfaltlashtirish ishlari bilan tanishdi

Deputat asfaltlashtirish ishlari bilan tanishdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 16-Alangtepa saylov okrugi deputati T. Berdiyarova A.Temur MFY hududida amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida deputat tomonidan mahalla ichki yo‘llarida olib borilgan asfaltlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, bajarilgan ishlarning sifati, belgilangan me’yor va talablar asosida amalga oshirilayotgani o‘rganildi. Shuningdek, hudud aholisi bilan muloqot qilinib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

Ta’kidlanganidek, yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan bunday ishlar aholining kundalik hayotida qulaylik yaratish, transport qatnovini yengillashtirish hamda mahallaning obodonlashuviga xizmat qiladi. Deputat tomonidan kelgusida ham hududdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan jamoatchilik nazorati davom ettirilishi qayd etildi.