Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “ERKINLIK” MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR Joyida O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA SHAFFOFLIK DIQQAT MARKAZIDA
Qaror ijrosi amalda: "Jo‘yjangal" mahallasida navbatdagi xonadonni ta’mirlash ishlari boshlanish arafasida!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurovlar deputat G.Xudaykulovaning saylov okrugiga qarashli “Jo‘yjangal” mahallasida bo‘ldilar.

Mas’ullar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori asosida ta’mirlanishi belgilangan fuqaro R.Saitkulovning xonadoniga tashrif buyurib, mavjud sharoitlar va boshlanish arafasidagi qurilish-ta'mirlash ishlarining tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu o‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosi hamda deputatlar faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

 Fuqaroning ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda mazkur xonadonda pudratchi tashkilot quruvchilari tomonidan barcha o‘lchash va loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Maqsadimiz — har bir fuqaroning munosib va obod xonadonda yashashini ta’minlash, xalqimizning davlatdan roziligiga erishishdir!
Slide 1 of 2