Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “ERKINLIK” MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR Joyida O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA SHAFFOFLIK DIQQAT MARKAZIDA
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli “Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari hamda ichki xoʻjalik yoʻllari infratuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raislari A.Mahkamov hamda X.Abdurahmonov, shuningdek, shahar obodonlashtirish boshqarmasi boʻlimi boshligʻi va mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilish davomida shahardagi mavjud ichki yoʻllar holati, piyodalar uchun yaratilayotgan qulayliklar, mahallalar kesimida infratuzilmani yaxshilash, shuningdek, yoʻllarni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha rejalashtirilgan loyihalar atroflicha muhokama qilindi.
Masʼullar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarda aholi murojaatlari asosida shakllantirilgan manzilli dasturlar, ichki xoʻjalik yoʻllarini bosqichma-bosqich taʼmirlash, yoʻl yoqalarini obodonlashtirish hamda harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Yigʻilishda soʻz olganlar Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori shahar infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.

Muhokamalar yakunida mutasaddi tashkilotlarga loyihalar ijrosini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, har bir hudud kesimida jamoatchilik fikrini inobatga olish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4