Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi — taraqqiyot garovi
🔵Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati, 16-Obod yurt okrugidan saylangan X.Yo‘ldoshev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva hamkorlikda "Kichik Jonchekka" mahallasida bo‘lib, "Mahalla yettiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
🔵Uchrashuv davomida asosiy e’tibor Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaning amaliyotga (https://t.me/c/1987820936/6101) tatbiq etilishiga qaratildi.
📍O‘rganish davomida quyidagilar tahlil qilindi:
📍Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda "yettilik" tizimining samaradorligi;
📍Deputat, kotibiyat va mahalla faollari o‘rtasidagi tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish;
🔵Aholi murojaatlari bilan ishlash va hududni obodonlashtirish masalalari.
🔵Uchrashuv yakunida kotibiyat mutaxassisi va deputat tomonidan tavsiyalarda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusi chora-tadbirlar belgilab olindi.