Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha
TAVSIYALAR
✅Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi.
✅Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati.
✅Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati.
✅Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari.
✅Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash.
✅Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi.
✅Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati.
✅Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar.
✅Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati.
✅Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi.
✅Kuz-qish mavsumida isitish tizimi .
✅Liftlarni ishlashi .
✅Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati.
✅Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar.
✅Parklar, hiyobonlar, bog‘larning holati.
✅Jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati, chiptalarni olishning qulayligi.
✅Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati.
✅Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati.
Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati.
✅Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati.
✅Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar.
✅Hududdagi investisiyalar bo‘yicha holat.
✅Aholi bandligi masalalari.
✅Navbatdagi sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish.
Izoh: Ushbu masalalarga partiyaviylik va doimiy komissiyaga a’zolik nuqtai nazaridan ustuvorlik berilishi mumkin.