Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING HAFTALIK ISH REJASI (13-17-APREL)
янв.21
Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi — taraqqiyot garovi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
Deputat “Yangiro‘zg‘or”da yangi bino qurish tashabbusi bilan chiqdi.
янв.21
Uzun tumani FHDYo bo‘limi deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla aholisini qiynab kelayotgan yo‘l masalasida deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Hamkorlik – muammolar yechimida muhim omil !
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali amaliy hamkorlik va ijobiy yechim
янв.21
Deputat faoliyati: Muammolar joyida o'rganilmoqda
Deputat mahallada!

Deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bir bo‘lgan aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati yuzasidan, 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov tomonidan “Yangiobod” MFY hududidagi Og‘ar-1 OSHP faoliyati o‘rganildi. 

📌O‘rganish davomida OSHP binosi hudud aholisiga qulay joyda joylashgan bo‘lib, 5669 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatayotganligi, kunduzgi shifoxonada 4 ta yotoq o‘rni mavjudligi, dispanser ro‘yxatida turuvchi shaxslarga o‘z vaqtida bepul dori-darmonlar yetkazilayotganligi aniqlandi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilishida ijobiy ishlar bilan birga ayrim muammolar borligi kuzatildi. Jumladan ayrim xonalarning joriy ta’mirga muhtojligi, sanitariya gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilinmayotganligi, ba’zi tibbiy jihozlar (tanometr, pulsoksimetr)ning yetishmovchiligi aniqlandi. 

📌Aniqlangan kamchiliklarni joyida o‘rganib, bartaraf qilish yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi rahbari nomiga 13.03.2026 yilda 24-ds-275-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 5