DEPUTAT NAZORATI: "ITTIFOQ" MAHALLASI YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
➡️Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati M.Mamurjonova o‘zining deputatlik faoliyatini belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" mezonlari asosida tizimli ravishda davom ettirmoqda. Navbatdagi o‘rganish ishlari "Ittifoq" mahallasida olib borildi.
⬇️O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Ijtimoiy ko‘mak: "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar holati;
🔹 Bandlik va tadbirkorlik: Hokim yordamchisi tomonidan aholini daromadli mehnatga jalb qilish va tomorqadan samarali foydalanish borasidagi ishlari;
🔹 Huquqbuzarlik profilaktikasi: Mahalla hududida "jinoyatchilikdan holi hudud" tamoyilini joriy etishda profilaktika inspektorining yondashuvi;
🔹 Infratuzilma muammolari: Ichimlik suvi, elektr energiyasi va ichki yo‘llar holati bo‘yicha aholidan tushgan murojaatlarning ijrosi.
➡️"Mahalla yettiligi — bu davlatning eng quyi bo‘g‘indagi yuzi. 'Ittifoq' mahallasidagi o‘rganishlarimizdan maqsad — har bir mas’ul xodimning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aholi bilan qanchalik yaqin ishlayotganini aniqlash va mavjud muammolarga birgalikda yechim topishdir," — deb ta'kidladi M.Mamurjonova.
➡️O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mahalla mas’ullariga tavsiyalar berildi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan va joyida hal etish imkoni bo‘lmagan masalalar bo‘yicha deputatlik so‘rovi shakllantirilib, tegishli tashkilotlarga yuborilishi belgilab olindi.
❌Bizning maqsadimiz: Har bir xonadonning dardu-tashvishi bilan yashash va aholi