Bepul dori-darmonlar tarqatilishi deputat nazoratida
Deputat o‘z faoliyatini mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" mezonlari asosida tashkil etdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Toxirov "Yangi ro‘zg‘or" mahallasidagi 75-oilaviy poliklinika filialida mavjud holatlar hamda aholiga bepul dori-darmonlar tarqatilishi jarayoni o‘rganildi. O‘rganish davomida poliklinikada bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, shifokorlar faoliyati, dori-darmonlarning mavjudligi va ularni aholiga belgilangan tartibda yetkazib berish masalalari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Deputat tomonidan bu kabi o‘rganishlar aholining tibbiy xizmatlardan rozi bo‘lish darajasini oshirish, bepul dori-darmonlar tarqatilishida shaffoflikni ta’minlash hamda tizimdagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.