Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI

 Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi va amaliy choralar belgilandi

"Yangi kuch" mahallasida mahalla yettiligi hamda aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash va mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Dilafruz Abdunazarova tomonidan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Deputat dastlab, mas’ul xodimlar fuqarolar bilan ochiq muloqotda bo‘lib, ularning muammolari va takliflarini tingladi. Uchrashuv davomida ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tushunchalar berildi.

 Shundan so‘ng, uchrashuvda 19-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida aholi turmush darajasini oshirish bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan masalalar to’g’risida deputat tomonidan tushuntirishlar berildi. 

Mazkur uchrashuv aholi bilan doimiy muloqot va o‘z vaqtida amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlarning navbatdagi bosqichi bo‘ldi.