Ijtimoiy soha obyektlarida o’rganishlar davom etmoqda
O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati G.Samiyeva hamda tuman Kengashi deputati O'.Rajabovlar tumandagi sport maktabi muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o’rgandilar. Deputatlarning asosiy e’tibori binolarning isitish tizimi, oshxonalar sanitariya-gigiyena holatlari, xonalarning harorati, bolalar va o’quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarga qaratildi. Shuningdek, o’rganish davomida ijtimoiy obektlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari, chiqindilarni to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar to’g’risida ham so’z bordi.
O’rganishlar so‘ngida kuz-qish mavsumida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish, favqulodda holatlarda tuman Kengashi deputatlariga murojaat qilish bo’yicha tavsiyalar berildi.