Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun yuzasidan tushuntirish berildi

Zarbdor tumanida mahallalarda istiqomat qiluvchi 30 yoshdan yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha sektor bosqich musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslar ostida bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur musobaqalarni Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 11-Oqbuloq saylov okrugidan saylangan deputat To‘lqin Qodirov hamda 6-Yangihayot saylov okrugidan saylangan deputat Sahobiddin Xadjikulov ochib berdi hamda tadbirlarda faol ishtirok etdi.

Shuningdek, 11-Oqbuloq saylov okrugi deputati To‘lqin Qodirov tomonidan ishtirokchilarga “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-394-sonli Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 4