Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Kotibiyat faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri Gulzoda Xudoyarova rahbarligida hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida deputatlarning “24 talik” faoliyati samaradorligini oshirish, deputat so‘rovlari ijrosi hamda joriy hafta davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan doimiy komissiyalar yig‘ilishlari hamda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari ko‘rib chiqildi. Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar, tegishli hujjatlarni tayyorlash va ularni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish yuzasidan kotibiyat mutaxassislariga aniq vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish yakunida kotibiyat mutaxassislariga tegishli topshiriqlar berilib, kelgusi hafta uchun ish rejalari ishlab chiqildi hamda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

Slide 1 of 1