Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Kotibiyat faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri Gulzoda Xudoyarova rahbarligida hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida deputatlarning “24 talik” faoliyati samaradorligini oshirish, deputat so‘rovlari ijrosi hamda ular yuzasidan olib borilayotgan tahliliy ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, kotibiyat faoliyatini tizimli tashkil etish, doimiy komissiyalar ishini muvofiqlashtirish va yig‘ilishlarni belgilangan muddatlarda sifatli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, kelgusi hafta uchun ish rejalari ishlab chiqildi hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

Slide 1 of 2